Akvarium narxi: nimaga qancha ketadi
Akvariumning o'zi umumiy summaning yarmiga ham yetmaydi. Quyida real taqsimot — nimani rejalashtirish kerakligini bilib qo'ying.
Akvarium va tumba — 40–50%
Hajm oshgani sayin narx tez ko'tariladi, chunki shisha qalinroq kerak bo'ladi. Tumba alohida hisoblanadi va uni tejash mumkin emas: sinsa akvarium ham ketadi.
Jihoz — komplektda
Bizdagi akvariumlarda filtr, kompressor va lampa narx ichida. Alohida olinadigani — isitgich (65–80 ming so'm) va grunt. Jihozda tejash eng qimmatga tushadi: arzon filtr bir yilda ishdan chiqadi va shu vaqtgacha suvni buzib turadi.
Grunt va dekor — 10–20%
Grunt kilogrammlab olinadi, hajmga qarab 10–40 kg kerak bo'ladi. Oddiy grunt bilan oziqlantiruvchi grunt narxi bir necha barobar farq qiladi — o'simlik ko'p bo'lmasa oddiysi yetarli.
Baliq va o'simlik — 10–15%
Ko'pchilik shundan boshlaydi, aslida bu eng oxirgi va eng arzon qismi. Nodir turlar bundan mustasno.
Doimiy xarajat
Oziq, suv tayyorlagich, filtr materiallari — oyiga kichik summa. Obsluga obunasi alohida hisoblanadi.
Byudjetingizni ayting — shu pulga nima chiqishini aniq hisoblab beramiz. Yetkazib berish har doim bepul.